TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Choy importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 849 tonnaga oshgan.
Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p choyni Xitoy (2762 tonna), Eron (335 tonna), Keniyadan (144 tonna) import qilgan.
Shuningdek, Hindistondan 113 tonna, BAAdan 76 tonna, Shri-Lankadan 54 tonna, Rossiyadan 27 tonna choy import qilingan.