“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib boruvchi yo‘l bir oyga yopildi

Ta’kidlanishicha, yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Cho‘lpon ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga olib chiquvchi yo‘l joriy yilning 4-apreligacha qisman yopildi. Bu haqda Yashnobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu muddatda yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
V Tashkente na mesas zakrili odnu iz dorog – karta
Transport vositalari harakati va Cho‘lpon ko‘chasiga kirish “Jarboshi” arkasining yangi qurilgan yo‘li orqali amalga oshiriladi.