TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bugun ertalab Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida lokomotiv yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.
© Foto : MChS Kazaxstana
Ma’lum qilinishicha, poyezd Bishkek-Samara yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolaridan iborat ikki yuzdan ortiq odam bo‘lgan.
Qurbonlar yo‘q. Yo‘lovchilar poyezdning boshqa vagonlariga o‘tkazilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvda manyovr lokomotiv brigadasi aybdor bo‘lgan.
Voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari jo‘natilgan.