O‘zbekiston 12 ta davlatga shokolad eksport qildi

Shokolad va kakao mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 496 tonnaga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar oyida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 1,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 956 tonna shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shokolad va kakao mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 496 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 313 tonna;
Tojikiston – 186 tonna;
Rossiya – 147 tonna;
Mongoliya – 120 tonna;
Ozarbayjon – 72 tonna;
Qirg‘iz R. – 54 tonna.