O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Qozog‘iston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Talgat Lastayev ishtirok etdi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirishga erishdi
Erishilgan kelishuvlar:
“Ostona – Toshkent – Ostona” hamda “Olmaota – Toshkent – Olmaota” yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish;
O‘zbekiston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun Qozog‘iston hududida qo‘shimcha 5 ta shahar (Qarag‘anda, Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, Kokeshtau, Taraz) belgilash;
Qozog‘iston aviakompaniyalari muntazam yo‘lovchi qatnovlari uchun O‘zbekiston hududida qo‘shimcha 6 ta shahar (Qarshi, Farg‘ona, Buxora, Andijon, Navoiy, Termiz) belgilash.