Orol dengizi sathi yarim metrga ko‘tarildi — tafsilotlar

O‘tgan yili Orol dengiziga 816 million kub metr suv, 2023-yilning dastlabki ikki oyida esa 803 million kub metr suv quyilgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Orol dengizi sathi yarim metrgacha ko‘tarildi. Bu haqda Qizilo‘rda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Orol-Sirdaryo havza inspeksiyasi boshlig‘i Zeynulla Kaztoganovning ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar Shimoliy Orol dengizida to‘plangan suv hajmi 27,0 milliard kub metrdan 18,5 milliard kub metrgacha, suv sathi esa 40,42 mB.B.gacha pasaygan.
Oxirgi kuzatuvlarga ko‘ra, 2022-yilning oktabr oyidan hozirgi kunga qadar dengiz sathi 40,90 mBS yoki 48 sm gacha ko‘tarilgan. To‘plangan suv hajmi esa 19,7 milliard kub metrni tashkil qilgan.
O‘tgan yili Orol dengiziga 816 million kub metr suv kelib tushdi. Birgina 2023-yilning dastlabki ikki oyida 803 million kubometr quyilgan.
Tabiat resurslari vazirligi Biologik xilma-xillikni asrash boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqovga ko‘ra, Orol dengidida hozir yiliga 25 ming gektar o‘rmon tashkil qilinmoqda. Bu yil “yashil qoplama” barpo etishni moliyalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi asosida joriy yil jami 25 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 5-7 iyun kunlari Dushanbe shahrida Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Dushanbeda 14 va 15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi munosabati bilan Orol dengizini qutqarish jamg‘armasi ta’sischilari – davlatlar prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Orol dengizi qurishi oqibatida ikkita suv havzasiga – Shimoliy va Janubiy Orolga ajralgan. Shimoliy Orol – Qozog‘iston hududida joylashgan.