Oksana Chusovitina Jahon kubogida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Chusovitina tayanib sakrash dasturida 12.916 ball bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Oksana Chusovitina Jahon kubogida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Dohada sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbek va jahon gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitina ikkinchi bosqichida ham shohsupaga ko‘tarildi.
Tayanib sakrash dasturida ishtirok etgan sportchi 12.916 ball bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Kolin Devillar (Fransiya) - 13.800
Kamile Resmussen (Daniya) - 13.333
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) - 12.916
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8-marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan. O‘tgan yili Chusovitina V Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.