Oksana Chusovitina shohsupaga qanday ko‘tarildi? — video

Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Dohada o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida Oksana Chusovitina ikkinchi bosqichida ham shohsupaga ko‘tarildi. Tayanib sakrash dasturida ishtirok etgan sportchi 12.916 ball bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8-marta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnessning rekordlari” kitobiga kiritilgan. O‘tgan yili Chusovitina V Islom birdamlik o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.