TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “vazirga murojaat” portali ishga tushirildi. Unga o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar murojaat yuborishlari mumkin, deya xabar berdi vazir Hilola Umarova.
O‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalarning murojaatlarini qabul qiluvchi yangi platforma vazir.uzedu.uz ishga tushirildi.
Portalga quyidagi murojaatlarni yo‘llash mumkin:
ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar;
tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalar.
portaliga yo‘llashingiz mumkin.
“Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi”, deb yozadi Hilola Umarova.
Murojaatni formasini to‘ldirish tartibi:
Ta’lim turini tanlash;
F.I.Sh to‘ldirish;
Viloyat va tummanni tanlash;
Telefon raqami va pochta manzilini qoldirish;
Pasport raqamini yozish;
Fayl yuklash va murojaat matnini kiritish.