Ertaga Toshkentdagi qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi — manzillar

Ertaga poytaxtda o‘tkaziladigan velo va piyoda yurish marafoni munosabati bilan soat 06:00 dan 11:00 ga qadar qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Ertaga Toshkent shahridagi qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.
Ertaga poytaxtda "Xavfsiz hayot uchun" aksiya doirasida o‘tkaziladigan velo va piyoda yurish marafoni munosabati bilan soat 06:00 dan 11:00 ga qadar qator ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Toshkent
Quyidagi ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi:
I.Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sh.Rashidov ko‘chasigacha;
I.Karimov chorrahasidan Sh.Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sh.Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
Sh.Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
Beshog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, I.Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
Shuningdek, bugun, 4-mart kuni soat 18:00 dan 5-mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshog‘och ko‘chasigachan transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.