Bu qiziq

Erkaklarga “shpargalka” — 8-mart uchun cho‘ntakbop sovg‘alar

8 mart uchun cho‘ntakbop va original sovg‘alar to‘plami bilan materialimizda tanishing.
Sputnik
Ajoyib bahor bayrami arafasida erkaklarni sevimli ayollarini, hamkasblarini qanday tabriklash va bayramdan so‘ng bo‘sh hamon bilan qolmaslik o‘ylantiradi. Sputnik bu borada sizga yordam berish maqsadida cho‘ntakbop va original sovg‘alar to‘plami bilan bo‘lishadi.
Juftingiz uchun sovg‘alar ro‘yxati:
Sovg‘a oluvchining ismi tushirilgan guldon;
Kosmetika do‘koni yoki massaj uchun sertifikat;
Choyshab komplekti;
Kumush taqinchoqlar;
Xushbo‘y hidli shamlar;
Soch quritgich;
Hammom bombalari to‘plami;
Fotokub;
Shirinliklar guldastasi;
Fotoyostiq (rasm tushirilgan yostiq).
Hamkasblar uchun sovg‘alar:
Shokoladli mevalar;
Ism tushurilgan kundalik;
Choy yoki kofe to‘plami;
Shisha idishdagi tabiiy gullar kompozitsiyasi;
Raqamli rasm (kartinka po nomeram);
Qiziqarli film yoki konsertga chipta;
Chiroyli pardoz qutichasi (kosmetichka);
Kosmetik kremlar to‘plami;
Sumkaga sig‘adigan mini-soyabon;
Yoritgichli oyna.