TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Bugun Chimkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchi korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.