Rossiya suv osti kemasi Yaponiya dengizida "Kalibr" raketasini uchirdi

“Kalibr” raketasi Xabarovsk o‘lkasida joylashgan “Surkum” taktik maydonida belgilangan nishonga muvaffaqiyatli uchirdi, otish masofasi ming kilometrdan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiyaning “Petropavlovsk-Kamchatskiy” dizel-elektr suv osti kemasi jangovar tayyorgarlik doirasida Yapon dengizidan quruqlikdagi nishonga "Kalibr" qanotli raketasini uchirdi. Bu haqda Tinch okean flotining axborot bilan ta’minlash boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Yaponiya dengizidagi Tinch okean flotining “Petropavlovsk-Kamchatskiy” dizel-elektr suv osti kemasi ekipaji jangovar tayyorgarlik rejasi doirasida “Kalibr” kompleksining qanotli raketasini suv ostidan uchirdi. Shartli dushmanning o‘q otish pozitsiyasi nishonga olindi. Uchirishdan oldin suv osti kemasi o‘q otish uchun mo‘ljallangan hududni yashirincha egallab olgan”, — deyiladi xabarda.

Ularning ta’kidlashicha, “taxminiy vaqtda “Kalibr” raketasi Xabarovsk o‘lkasida joylashgan “Surkum” taktik maydonida belgilangan nishonga muvaffaqiyatli urilgan, otish masofasi ming kilometrdan oshgan”.
Tinch okean floti tomonidan e’lon qilingan videoda suv ostidagi kemadan Kalibr raketasi uchirilgani aks etgan.
Raketa otish zonasi Tinch okean flotining kemalar va harbiy kemalar, shuningdek, dengiz aviatsiyasi samolyotlari va dronlari tomonidan yopilgan.