TOShKENT, 3 mar - Sputnik. Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan tezkor yig‘ilishda terrorizmga qarshi xavfsizlik masalalarini muhokama qilishni taklif qildi.
"Bugun bizda bitta, lekin juda muhim masala bor: huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yurisdiksiyasidagi obyektlarni terrorizmga qarshi himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Spiker - ichki ishlar vaziri", - dedi prezident yig‘ilishni ochib berar ekan.
Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolarining majlislari an’anaga ko‘ra juma kunlari o‘tkaziladi. Bugungi yig‘ilish Bransk viloyatining Klimovskiy tumanida sodir etilgan teraktning ertasiga bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni bir guruh diversantlar Ukraina tomonidan Rossiyaning Bransk viloyati chegarasini kesib o‘tib, Lyubechan qishlog‘ida ikkita mashinani o‘qqa tutgan. Natijada ikki nafar fuqaro qurbon bo‘lgan, 2 kishi yaralangan. Ulardan biri 10 yoshli Fodor ismli bola. U yarador bo‘lishiga qaramasdan, mashinada bo‘lgan ikki nafar singlisini o‘rmon tomonga olib qochishga yordam bergan va keyinchalik yo‘lovchi mashinada xavfsiz joyga yetib olgan. Shifokorlar uning tanasidan NATO kalibridani o‘qni chiqarib olishdi.
Rossiya prezidenti ushbu hujmni terakt deb atadi. FSB ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar Ukraina hududiga siqib chiqarilgan va u yerda ularga artilleriya zarbasi berilgan.