Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi

Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy Majlis Senati O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi.
Ma’lumot uchun, Furqat Sidiqov 1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ilmiy xodim, AQShdagi elchixonasi attashesi, Pokiston Islom Respublikasida elchi sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.