Furqat Sidiqov — biografiya

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov biografiyasi batafsil Sputnik materialida.
Sputnik

Tarjimai holi

Furqat Sidiqov 1971-yil 7-fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yil Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Karyera

1993-1995 – “UzDaewoo Electronics” qo‘shma korxonasi katta mutaxassisi;
1995-1996 – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti xodimi;
1996-2002 – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi;
2002-2007 – O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi attashesi;
2007-2011 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi;
2011-2015 – O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi birinchi kotibi;
2015-2020 – O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
2020-2022 – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
2022 yilning 14-noyabridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan. 2023-yil 3-mart kuni O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi.