TOShKENT, 2 mar - Sputnik. 1943 yil 1-2 mart kunlari fashistlar Ukrainada Ikkinchi jahon urushidagi tinch aholiga qarshi eng ommaviy qirg‘in uyushtirgan/
Chernigov viloyati Korukovo shaharchasining qariyb 7000 nafar aholisi otib o‘ldirilgan, azoblangan va tiriklayin yoqib yuborilgan. Qiynoq harakatlarida SS qo‘shinlari, Ukraina politsaylari va venger askarlari ishtirok etishgan
Shahardagi 1300 ta aholi uyidan 1290 tasi yoqib yuborilgan.
Keyinchalik Chernigov fojiasi aybdorlari aniqlanib Chernigovdagi sud jarayonlarida aybdorlar 25-yillik surgunga jo‘natilgan.