TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakatining maxsus monitoring va ilmiy tadqiqot tarmog‘ini tashkil etishni taklif qildi.
Bugun Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti o‘zbek tilida nutq so‘zladi.
Davlat rahbari qayd etishicha, O‘zbekiston ushbu institutni o‘z hududida joylashtirishga tayyor.
Maqsad – favqulodda holatlar sabablarini chuqur o‘rganish hamda ofat oqibatlarini samarali bartaraf etish.
Esltib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Baku shahrida bo‘lib turibdi. Prezident tashrif dasturiga muvofiq 1-mart kuni Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi. Unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.