DXRdagi noyob zavod yana ishga tushdi - video

Rossiya bilan qayta birlashgandan so‘ng, uzoq vaqt ishlamagan XTZ qayta ishga tushdi. Bugungi kunda korxona allaqachon birin yirik buyurtmani bajardi.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar - Suptnik. DXRdagi Xarsizsk quvur zavodi – MDHda yirik diametrli quvurlar ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biridir.
Korxona 1898-yilda tashkil etilgan. Dastlab u yerda shaxtalar uchun vagonetkalar ishlab chiqarilgan. 1937-yilda zavod SSSRda yirik diametrli quvurlar ishlab chiqaruvchi yagona korxonaga aylandi.
Xarsizsk quvurlari 11 mamlakatga yetkazib berilgan, ulardan 20 ta neft quvuri va 10 ta gaz quvurlari qurilgan. Ular orasida “Drujba” neft quvuri, “Yamal-Yevropa” va “Moviy oqim” gaz quvurlari bor.
SSSR parchalanganidan so‘ng, 21 ta sexidan faqat 5 tasi qoldi, aksariyati metallolomga topshirildi. Shunga qaramasdan, XTZ “Gazprom” uchun yirik diametrli quvurlar yetkazib beruvchi asosiy korxonaga aylandi. Xarsizsk zavodi yiliga 1,6 million tonnagacha quvur ishlab chiqarishga qodir. Ammo ishlab chiqarish eng yuqori bo‘lgan 2010-2011 yillarda ham korxonada faqat 630,6 ming tonna quvur ishlab chiqarilgan.
Donbass mojarosidan oldin XTZ 255 ming tonna quvur ishlab chiqargan, keyin esa hajmlar kamaygan va to‘xtab qolgan. Rossiya bilan qayta birlashgandan so‘ng, uzoq vaqt ishlamagan zavod qayta ishga tushdi.
XTZ allaqachon “Don - Severskiy Dones” suv quvuri uchun 30 km truba ishlab chiqardi. Uning yordamida DXRning suv ta’minoti muammosi to‘liq hal qilinishi kutilmoqda.