TOShKENT, 2 mar — Sputnik. AQShning MDHdagi faolligini oshirishdan maqsad mazkur davlatlarning Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyoga tashrifi bo‘yicha fikr bildirdi.
“Hozir biz nafaqat amerikaliklar, balki yevropaliklar va britaniyaliklarning rivojlanayotgan dunyoda, ayniqsa MDHda faolligi oshganiga guvoh bo‘lmoqdamiz - bu shunchaki yo‘l, ular u yerda mazkur mamlakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishiga qarshi ishlamoqda.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb “g‘olib tomonda bo‘linglar, Rossiya mag‘lub bo‘ladi, shuning uchun oldindan qaror qilinglar” tamoyili bo‘yicha harakat qilishni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 28-fevral - 1-mart kunlari Markaziy Osiyoga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida u Ostonada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojiksiton va Turkmaniston TIV rahbarlari ishtirokida "S5+1" formatida uchrashuv o‘tkazgandi.