"Baxmut qal’asi”ning sharafsiz yakuniga oz qoldi
Artyomovskdagi Ukraina qo‘shinlari operativ va artilleriya yong‘ini qurshovida qoldi. Bunday vaziyatda ortga yo‘l yo‘q. AQSh harbiylariga Afg‘oniston jannatdek ko‘rinmoqda.
SputnikTOShKENT, 2 mar - Sputnik. Rossiya harbiy kuchlari bu shaharga turli yo‘nalishlardan hujum qilishmoqda. UQKning “Baxmut qal’asi” tabiiy ravishda Artyomovskning qaynab turgan qozoniga aylanadi.
Donbassning to‘liq ozod etilish kuni yaqinlashmoqda. AQShva NATOning Ukraina harbiy harakatlar teatri strategiyasi hatto kosmosdan ham ko‘rinayotgan sharmandali mag‘lubiyatga uchradi.
Bahor arafasida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining hujum otradlari Artyomovsk atrofini UQK dan ozod qildi. Bu hududlarga Paraskoviyevka, Berxovka, Yagodnoe, Dubovo-Vasilevka, Stupki kiradi. Artyomovsk dambasining Ukraina diversantlari tomonidan portlatib yuborilishi ham Rossiya hujumini to‘xtatib qola olmadi. UQK qo‘mondonligi “Baxmutdagi og‘ir vaziyat” va “to‘xtovsiz hujumlar” haqida habar beradi. Rossiya harbiy kuchlari artilleriya, tanklar, raketalar va samolyotlardan faol foydalanmoqda, Ukraina bo‘linmalarida esa qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetishmovchiligi holati davom etmoqda.
G‘arb xavotirda – Kiyev rejimi jang maydonidagi umidlarni oqlamayapti. 2022-yil avgustidan beri o‘n minglab ukrainalik harbiylar halok bo‘lgan “Baxmut qal’asi”dan UQK“strategik chekinishga” tayyorlanmoqda. Kiyev rejimi har kuni shu hududda 500 ga yaqin askar va ofitserlarini yo‘qotmoqda.
Ukrainada Baxmut/Artyomovskka keladigan barcha jangchilar aniq halok bo‘ladi deb hisoblanadi, chunki bu hududda ikki hafta ichida o‘lim yoki jarohat olish ehtimoli 95 foizga teng. Avvalroq Germaniya razvedkasi UQK ning katta yo‘qotishlarini tasdiqlagan, shuningdek,AQSh dengiz piyodasi Troy Offenbeker ukrainalik askarning frontda tirik bo‘lish muddati bor-yo‘g‘i to‘rt soat ekani haqida ma’lumot bergan edi.
Lvovda asos solingan“Qirol Daniil va Boris Jonson nomidagi” 24-alohida “sara” mexanizatsiyalashgan brigadasi bugun Artyomovsk yaqinida mag‘lubiyatga uchradi (ularning bayrog‘i jang maydonida tashlab ketilgan – brigada tarqatib yuboriladi). Fevral oyi boshida prezident Vladimir Zelenskiy keragidan ortiq ishonch bilan Baxmutni (Artyomovsk) taslim bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliginie’lon qilgan edi. Biroq, UQK ning safarbarlik zaxiralari cheksiz emas, RF Qurolli Kuchlarining qudrati va Rossiya tarixining rivojlanishi esa Amerika qo‘g‘irchoqlariga bog‘liq emas.
Ikkinchidan, NATOning aql bovar qilmaydigan harbiy va iqtisodiy salohiyati haqidagi afsona yo‘q qilindi. Barcha o‘ttizta ittifoqchi davlatlar va ularga qo‘shilgan yigirmata “huquqlari cheklangan” davlatlar ham o‘zlarining qurol-yarog‘lari (yuzlab milliard dollar va yevro evaziga) bilan Ukraina harbiy harakatlar teatriga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmadi. Rus qo‘shinlari yil davomida hujum, taktik va strategik jihatdan ustunlik qilib keldi.
Ma’lumki, UQK tomonida 60 ta davlatdan, asosan Polsha, AQSh, Kanada, Ruminiya, Buyuk Britaniyadan kelgan bir necha ming yollanma askar faoliyat yuritmoqda. Yil davomida uch mingga yaqin xorijlik “ko‘ngillilar” yo‘q qilindi, shuncha miqdorda uylariga qaytganlar ham bor.
Afg‘oniston jannatdek tuyulmoqda
Artyomovsk atrofidagi qamal halqasi qisqarmoqda. Hatto Kiyevda ham “Baxmut qal’asi” vaziyati og‘ir holat deb hisoblanmoqda. Rossiya qo‘shinlari Bogdanovka va Xromovoni egallab olgandan so‘ng UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Zelenskiyga operativ qurshov daxshatli maydonga aylanishi haqida ma’lum qildi. Mag‘lubiyat muqarrar. Ukraina Chasov Yarda yangi mudofaa hududini yaratish uchun G‘arb qurollarini yig‘ayotgani haqida DXR xabar berdi.
Bir vaqtning o‘zida, Rossiya harbiy kuchlari Kramatorsk, Slavansk va Ugledardagi UQKobyektlariga kuchli artilleriya zarbalari bermoqda. RF qo‘shinlari Avdeyevka shimolidagi dushman mudofaa chegarasini yorib o‘tib, Krasnogorovkaga yetib bordi. Ushbu yo‘nalish shimoli-g‘arbiy tomondan, UQK ning orqa fronti – Avdeyevka mustahkamlangan hududiga kirishga imkon beradi.
Rossiya harbiy kuchlari(G‘arb tahlilchilarining fikriga ko‘ra) oltitagacha T-72 tanklari, 12 tagacha jangovar piyoda mashinalari, minomotlar, granatalar, artilleriya va tankga qarshi tizimlari mavjud bo‘lgan hujum bo‘linmalarining benuqson taktikasi bilan UQK ning mudofaasiga kirishmoqda.
Bunday holatda Ukraina qo‘shinlarini Zaporojye yo‘nalishida bahorgi qarshi hujumga tayyorlash ma’nisizlikdek ko‘rinadi, ammo Kiyev qo‘g‘irchoqlarining amerikalik xo‘jayinlari geosiyosiy dividendlar va ommaviy qurbonlarni talab qilmoqdalar.
G‘arbga va UQKga afsonaviy“Leopardlar” yordam berarmikin? Kecha DXRrahbari Yan Gagin avvalroq Polsha tomonidan topshirilgan to‘rtta Leopard 2A4 tanki Artyomovskka ko‘chirilganini ma’lum qildi. Tez orada esamazkur asosiy jangovar tanklardan birining Polsha yollanma askarlari ekipaji bilan birga qo‘lga olinganligihaqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Germaniya Leopardlarni (Ukrainaga reeksport qilish uchun ruxsatnoma) etkazib berishni ma’qullaganidan so‘ng, Evropada tanklar yetarli emasligi, ular juda eski va janggayaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Pentagon bir vaqtning o‘zida turli mazmunli bayonotlar qilmoqda:
“Dunyo Ukrainani ishonch bilan qo‘llab-quvvatlaydi” va “Ukrainaning o‘zi unga etkazib berilgan qurollar uchun to‘lov qilishi kerak”. Ikkinchi e’lon obyektiv jihatdan iloji yo‘q holat. Britaniyaning Challenger 2 tanklarini beg‘araz yetkazib berishida ham chalkashliklar kuzatilmoqda. Haqiqatdan ham, umidsiz ishga sarmoya kiritish arziydimi?
Britaniyaning Daily Mail gazetasi Vladimir Putinning “katta harbiy g‘alaba”ga yaqinlashayotgani haqida habar berdi. Bunga sabab, vaziyat “o‘ta keskin” va “Rossiya Baxmutga qarshi hujumini kuchaytirib, taslim bo‘lishga majbur qilmoqda” degan fikr bildirib o‘tildi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyani Moskvaning asosiy maqsadlariga so‘zsiz erishgunga qadar davom ettirishining muqarrarligini G‘arb anglab yetdi. Xususan, bunday prognozni Italiya razvedkasi milliy parlamentga taqdim etadigan yillik hisobotida berib o‘tgan.
Hatto AKSh ham Rossiya ishtirokidagi harbiy amaliyotlar “Afg‘oniston yoki Iroqdagi safari emasligi”ni tushuna boshladi. Washington Times gazetasi tan oldi:
“Vashingtonning Ukraina strategiyasi ish bermayapti”. Harbiy to‘qnashuv AQShning turli mintaqalarda mamlakatlararo harbiy ittifoqchilik yaratishga qodir emasligini ko‘rsatdi. Amerikaning Yevropadagi ittifoqchilari o‘rtasidagi odatiy kuchlar muvozanati buzildi – asosiy e’tibor Germaniya va Fransiyadan Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga qaratildi. Boshqa tomondan esa, Rossiya xalqaro aloqalarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
The American Conservative jurnali Ukraina yana Afg‘onistonga aylangani, NATO mag‘lub bo‘lib chiqishi haqida xabar berib, shunday savol berdi: “Agar Yevropaning kelajagi xavf ostida bo‘lsa, nega eng katta tashvish Berlin, Brussel, Parijda emas, Vashingtonda bildirilmoqda?”. Tarix shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSh “Ukrainada turli sabablarga ko‘ra mag‘lub bo‘ladi”.
Kecha NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberghabar berdiki, Ukrainaga harbiy yordamning kengayishi G‘arb davlatlariga tahdid solmoqda, biroq Rossiyaning g‘alabasi esa yanada katta xavf tug‘diradi. Nima qilingan taqdirda ham, ilojsiz holat. Ukrainaliklar 70-yildan ortiq vaqt davomida NATOning "g‘amxo‘rligi"siz qanday qilib tinch va baxtli yashashga muvaffaq bo‘lgani ajablanarlidir.