Ochlik sharpasi: Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun Yevropa qanday tovon to‘lamoqda?

Buyuk Britaniyada ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi 4 barobar oshdi. Sabab - siyosiy. Oqsil moddalar yetishmovchiligini hasharotlardan tayyorlangan mahsulotlar to‘ldirish g‘oyasi bor. Buni yevropaliklar qanchalik qo‘llab-quvvatlaydi - batafsil maqolamizda.
Sputnik
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Buyuk Britaniyada sabzavotlar narxi to‘rt barobar oshdi, katta tanqislik yuzaga keldi. Yirik supermarket tarmoqlari sotuvlarni meyorlashtirishga majbur bo‘lmoqda. Fermerlar uyushmasi hukumatni qishloq xo‘jaligining energiya talab qiladigan sektorlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirishmoqda. Hukumat esa aholiga ildizmevali sabzavotlargi o‘tishni taklif qilyapti

O‘z oyog‘iga o‘q uzish

Bir qo‘lga uchta bodring, pomidor yoki qalampir – xuddi urushdan keyingi yillardagidek. Salat, brokkoli, rangli karam, malinani ham cheklovlar bilan sotishmoqda. Hukumatning tushuntirishicha, bunga Ispaniya va Marokashda ob-havoning kutilmaganda sovib ketishi sabab bo‘lgan.
Biroq, odamlar barcha baxtsizliklarning sababi - Londonning uzoqni ko‘zlamagan siyosati deb bilmoqda: dastlab – Brexit, endi esa – Rossiya energomanbalaridan voz kechish. Elektr energiyasi uchun tariflar bir necha marotaba oshgan, issiqxonalar juda qimmatga tushmoqda. Fermerlarning qo‘llab –quvvatlashni so‘ragan murojaatiga javob tarzda Atrof-muhit vaziri Tereza Koffi “Ispaniyadagi ob-havoni nazorat qila olmayman” deb javob bergan va salat hamda pomidorlar o‘rniga sholg‘om yoki boshqa ildizmevali sabzavotlar iste’mol qilishni tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tanqisliq bir oy davom etadi.
Ovqat uchun puli yetmayotganlarga esa u ko‘proq mehnat qilishni tavsiya qilmoqda. “Daromadni ko‘paytirishning eng yaxshi usullaridan biri – bir necha soat qo‘shimcha ishlash, malakani oshirish”, - deya nasihat qilgan vazir.
Fermerlar milliy uyushmasi raisi Minett Batters shunday ogohlantirmoqda: qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan bunday yuzaki munosabat iqtisodning susayishiga olib keladi. YeI dan chiqish Buyuk Britaniyaga oziq-ovqat mahsulotlarni yetkazib berish foydasizga aylantirdi. Xuddi avval bo‘lganidek, yuk mashinalari endi mahalliy tovarlar bilan yuklana olmaydi va bo‘m-bo‘sh holda qaytishga majbur. Mamlakat importga juda tobe, oziq-ovqat xavfsizligi qiyin vaziyatda.
Britaniya ishlab chiqaruvchilar assosiatsiyasi direktori Jek Uordning fikrlariga ko‘ra, qiyinchiliklarni inflyatsiya keltirib chiqargan. Elektr energiyasi va ishchi kuchi qimmatlashgan, issiqxona xo‘jaliklari xonavayron bo‘lmoqda. Bundan tashqari, o‘stirilayotgan mahsulotlar turlari qisqarib bormoqda.

Yangi hasham

Garchi Ispaniya va Fransiya kabi kontitental mamlakatlarda taqchillik bo‘lmasada, biroq u yerlarda ham narxlar oshgan.
Energetik rivojlanish jamg‘armasi direktori Sergey Pikinning e’tibor qaratishicha, YeI da energomanbalar bilan muammolar yo‘q, hozircha suyultirilgan neft zaxiralari yetarlicha. Muammo – tariflarda.
“Buyuk Britaniyaga Rossiya gazi yetib kelmaydi. Neft va neft mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar orqali, xususan Hindiston orqali. Murakkab transport yelkasi albatta eng oxirgi iste’molchiga ta’sir qiladi”, - deydi u.
Sabzavotlarga kelsak – Xitoydan ta’minot arzonroq bo‘lar edi. “Ammo bu logistikani to‘liq qayta qurish degani. Taxminimcha, Britaniya hukumati o‘z fermerlariga yordam berishga qodir. Masala ustuvor maqsadlarda, ya’ni mudofaa yoki qishloq xo‘jaligi uchun xarajat qilish tanlovida”, - deydi Pikin.
Mustaqil ekspert Leonid Xazanovning eslatishicha, Londonda bir necha marotaba milliy qishloq xo‘jaligini qo‘llab –quvvatlash haqida gapirilgan, ammo aniq choralar kam qo‘llangan. O‘tgan yili shakar lavlagisi ekishda toksik bo‘lmagan pestitsidlardan foydalanishga ruxsat berilgan. Garchi fermerlar agrokimolarning qimmatligidan qiynalishsada, biroq, mineral o‘g‘itlarni import qilish bo‘yicha oshirilgan bojlar bekor qilinmadi. Yuqori gaz narxlari esa mahalliy mineral o‘g‘itlar, parrandachilik va energiyani ko‘p talab qiluvchi boshqa tarmoqlarni to‘liq ta’minlash imkonini bermayapti.
Va albatta, har sohada Ukraina injiqliklariga chidash. Polsha fermerlari Ukraina g‘allasini mamlakatga kiritishga qarshi aksiya uyushtirdi- sifati past arzon mahsulot ularni xonavayron bo‘lish yoqasiga olib keldi. Ular o‘z bug‘doylarini yig‘im paytidagi uchdan biriga ham sota olishmayapti. Shunga qaramay, Yevrokomissiya Kiyev uchun eksport imtiyozlarini yana bir yilga uzaytirdi.

Istiqbolda qanday rejalar?

Qayta ishlangan hasharotlardan tayyorlangan mahsulotlar bilan oziq-ovqat inqirozini yengillashtirish g‘oyasi ham bor. Varshavada supermarketlarda Finlyandiyaning Griidy kompaniyasidan chigirtkalar taklif qilishmoqda. Xuddi grilda tayyorlangan un shaklida. Shuningdek, falafey, bolonyeze spagettisi va pishiriqlar uchun qorishmalar ham. YeI da chigirtkalar, un chuvalchanglari, kuya qurtlari go‘sht o‘rniga oqsil qo‘shimcha sifatida ma’qullangan. Bu go‘yoki hayvonlardan azot chiqindilarini kamaytiradi.
Hasharotlardan tayyorlangan kukunlarni donli batonchiklar, pechenye va makaronlarga ham aralashtirishadi. Buning uchun maxsus yorliq kerak, chunki allergiya qo‘zg‘atishi ham mumkin. Umuman, so‘rovnomalar yevropaliklarning bunday oziq-ovqatlardan xursand emasliklarini ko‘rsatishmoqda. Britaniyaning Express gazetasi ma’lum qilishicha, hattoki eng to‘g‘ri munosabatdagi guruhlar – 18 yoshdan 24 yoshgacha- bo‘lganlar orasida – hasharotlar va kultivatsiyalangan go‘shtni tatib ko‘rmoqchi bo‘lganlar 49%dan oshmaydi. 65+ yoshdagilar toifasida – atigi 26%.
“Hasharotlardan tayyorlangan oziq-ovqatlar Buyuk Britaniya va Yevropada keng tarqalishini kutish kerak emas”, - deydi Leonid Xazanov. Uning so‘zlariga ko‘ra, aholi psixologik jihatdan bunga tayyor emas, kaloriyali hasharotlarni ko‘paytiradigan fermalar esa tez paydo bo‘lib qolmaydi - bu biznes parrandachilik yoki chorvachilikdan xarajati kam emas.
“Atrof-muhit vaziri buni qancha xohlamasin, biroq sholg‘om ham doimiy sabzavotlar o‘rnini bosa olmaydi. Baribir u o‘ziga xos sabzavot turi, uni oshqozon-ichak trakti, jigar va buyrak kasalliklarida iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi”, - deydi ekpert.
Hukumatning harakatsizligi ekin maydonlarining tez qisqarishi, ekinlar qisqarishi, fermerlarning halokati va narxlarning yanada oshishi kabi katta talofatlarga olib kelishi mumkin.