Piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi

Kunning qorong‘u qismida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda endi yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, kunning qorong‘u qismida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Maktab o‘quvchilari homiylik ko‘maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta’minlanadi.
Mazkur tartib yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.