TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti yalpi sessiyasida ishtirok etadi.
Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi, unda yetakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.