TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Toshkent yo‘llari sifatini yaxshilashda “Lukoyl” bilan hamkorlik qilinadi. Bu haqda shahar hokimligida “LLK-Interneshnl” kompaniyasi ishtirokida bo‘lib o‘tagan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov "LLK-Interneshnl" mutasaddilari bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqot davomida poytaxtdagi yo‘llarni sifatli ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, Toshkent iqlimi keskin kontinental bo‘lgani bois yo‘llarda bajarilayotgan ta’mirlash ishlari sifati hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish kerak.
Hokim v.b. Baxtiyor Rahmonov keskin kontinental iqlimni hisobga olgan holda ta’mirlash ishlari sifati va ularning xizmat muddatini oshirish muhimligini ta’kidladi.
Toshkent yo‘llari sifatini yaxshilashda “Lukoyl” bilan hamkorlik qilinadi
© Toshkent shahar hokimligi
Rossiya tomoni yo‘llar 7-10 yil va undan ko‘p xizmat qilishi mumkinligini qayd etib o‘tishdi. Shu bilan birga, haroratning -20° dan +76° gacha o‘zgarishiga mos keladigan yechimlar mavjudligi qo‘shimcha qilindi.