TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Buning oqibatida 26 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Gretsiyada yuk va yo‘lovchi poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 26 kishiga yetdi, 85 nafar yarador shifoxonalarga yetkazildi.
Poyezdlar yarim tunda Larisa shahri yaqinidagi Tempi shaharchasida to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvdan so‘ng yong‘in sodir bo‘ldi va uchta vagon relsdan chiqib ketdi.
"Holatni bartaraf etishda 150 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etmoqda, voqea joyida 40 ta tez tibbiy yordam mashinasi ishlamoqda", deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdda 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.