TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an mamlakatda umumiy saylovlar 14-mayga belgilanganini tasdiqladi.
Avvalroq qator vayronali zilzilalar fonida Turkiyada umumiy saylovlar olti oydan bir yilgacha muddatga qoldirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Vaqt yaqinlashmoqda. Bilingki, xalq 14-may kuni hamma narsani qiladi”, - dedi Erdo‘g‘an chorshanba kuni partiya yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida.
Turkiya janubi-sharqidagi Kaxramanmarash viloyatida 6-fevral kuni 9 soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 45 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 1,9 milliondan ortiq fuqaro tabiiy ofat zonasidan evakuatsiya qilingan.