Endi orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqishi kerak bo‘ladi

Yo‘l harakati xavfsizligining yangi qoidalariga muvofiq, avtomobilning orqa o‘rindig‘ida faqat 3 nafar yo‘lovchi, jumladan bolalarni mindirish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Endi avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari kerak. Bu O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida aytilgan, deb yozmoqda O‘zA.
Hujjatda transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerakligi qayd etilgan.
Avvalroq yo‘laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi haqida xabar bergan edik.