TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Hozirgi Amerika ma’muriyatining harakatlari Rossiya va Xitoy ishtirokida blok yaratishga turtki bo‘ldi va bu G‘arbning jiddiy xatosidir, deya xabar berdi RIA Novosti.
Sobiq chex diplomati va mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Yaromir Novotniyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar bir yildan beri amalda, biroq uning iqtisodiyoti qulagani yo‘q.
"Ammo hindlar va xitoylar Rossiya bilan jimgina savdo qilishda davom etmoqdalar”,- dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Genri Kissinjer Sovet Ittifoqi-Xitoy blokini parchalashga, Bayden esa Rossiya-Xitoy blokini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Sobiq diplomat aytganidek, Qo‘shma Shtatlar o‘zining birinchi raqamli dushmani Xitoy ekanligini ochiq gapirmoqda, Yevropa esa Rossiya bilan munosabatlarini o‘zi hal qilishi kerak, chunki amerikaliklarning bunga vaqti qolmaydi.