TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Ukraina bilan chegaradosh 8 ta hududdan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan navbatdagi bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
“Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu oxirgi ro‘yxat emas. Yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi. Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://edu.uz/media/fff79cef-5732-3243-a68d-91507e47aee3.pdf