Rossiyaliklar yozda qayerda dam olmoqchi?

Mutaxassislar 1400 nafar foydalanuvchi o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiyaliklar o‘rtasida ular 2023-yilda qanday dam olishni rejalashtirishgani bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlarning 6 foizi dam olish uchun Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonni tanladi. Bu haqda Tutu onlayn servisi ma’lum qildi.
Kompaniya mutaxassislari 1400 nafar foydalanuvchi o‘rtasida tadqiqot o‘tkazdi va eng ommabop dam olish varianti chiroyli shaharlar bo‘ylab sayr qilish ekanligini aniqladi. Sayohatchilarning 18 foizi shunday javob bergan.
Taxminan har o‘ninchi sayyoh (11 foiz) xorijiy plyajlar va ekzotik yo‘nalishlarni mo‘ljallagan: Maldiv orollari, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari.
Respondentlarning taxminan sakkiz foizi bu yil glemping yoki chodirda, asosiysi, tabiat qo‘ynida dam olishni orzu qiladi. Yetti foizi gastroturga borishni xohlasa, xuddi shu foizi muzeylar, ko‘rgazmalar va ekskursiyalar bilan ta’lim sayohatini tanlaydi.
Ishtirokchilarning 7 foizi Yevropaga borishni rejalashtirgan. Yaqin xorij mamlakatlari – Armaniston, Gruziya va O‘zbekistonni respondentlarning olti foizi o‘zlari uchun kashf etmoqchi, to‘rt foizi esa kruizga boradi.