TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiyalik olimlar shamol yordamida yuklarni kemalarga yetkazish yo‘lini topishdi, buning uchun ular likopcha ko‘rinishidagi havo sharlaridan foydalanishadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Nijniy Novgorodning Lobachevskiy nomidagi davlat universiteti olimlari og‘irligi 30 tonnagacha bo‘lgan yuklarni kranlar, platformalar va to‘xtash joylaridan foydalanmasdan ko‘tarish va ko‘chirish imkonini beradigan ishlanma ixtirosiuchun patent olishdi.
Qayd etilishicha, bunday usuldan foydalanish uchun havo sharidagi yuk yerdan kamida bir kilometr balandlikka ko‘tarilishi kerak. Keyin, yuklar ko‘taruvchi bloklar va boshqaruv kabellari yordamida kema bortiga yoki quruqlikka uzatiladi.
“Tizim ishlashining asosiy shartlaridan biri bu likopcha ko‘rinishidagi sharning qobig‘i bo‘lib, u yuk ko‘tarish qobiliyati va barqarorligini oshiradi. Model tejamkor va sodda, u tashish uchun qo‘shimcha platformalar va kemalarni yoki to‘xtash joyini talab qilmaydi”, deyiladi xabarda.
O‘rnatishni boshqarish uchun ham faqat uch kishi talab qilinadi.