Qirg‘izistonda ekstremistik va terroristik tashkilotlar ro‘yxati yangilandi

Qirg‘izistonda 19 ta ekstremistik va terroristik tashkilot faoliyati taqiqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Qirg‘izistonda 19 ta tashkilot ekstremistik yoki terroristik deb tan olingan. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Bishkekda ekstremizm va terrorizmning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasining Ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 19 ta ekstremistik va terroristik tashkilot faoliyati taqiqlangan.
Taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxati:
"Xizb ut-Tahrir al-Islom";
Turkistonni ozod qilish tashkiloti;
Sharqiy Turkiston islom partiyasi;
O‘zbekiston islom harakati;
"Al-Qoida";
"Tolibon" harakati;
Qurdiston ishchi partiyasi;
Jihod guruhi (SID);
"Jayshul Maxdi";
"Jund-al Xalifat";
"Ansarullox";
"At-Takfir Val-Xijra";
"Akromiya";
Iroq va Shom islom davlati;
"Jabxat-an-Nusra";
"Katibat al-Imam al-Buxari";
"Jannat oshiqlari";
"Djamaat at-Tauxid val-Djixad";
"Yakin-Inkar".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Oliy sudning 2021-yil 24-dekabrdagi hal qiluv qaroriga asosan ijtimoiy tarmoqlardagi 19 ta kanal (guruh, material)lar ekstremistik va terroristik deb topilgan hamda mamlakat hududiga olib kirish, tarqatish, tayyorlash yoki namoyish etish taqiqlangan.