Putin 2023-yilda maxsus xizmatlar oldida turgan eng muhim vazifalarni sanab o‘tdi

FXX kengashida Rossiya prezidenti chegara nazorati, terrorchilik va millatchilik hamda muhim sanoat obyektlari xavfsizligiga alohida e’tibor berishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Vladimir Putin FSB kollegiyasi yig‘ilishida 2023-yil davomida maxsus xizmatlarning asosiy vazifalarni belgilab berdi.
Prezident aytishishga ko‘ra, eng muhim vazifalardan biri - Rossiya-Ukraina chegarasidagi ishlarni faollashtirish.
"Ayni damda u yerda chegara organlari, FXX aviatsiyasi, Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya bo‘linmalarini o‘z ichiga olgan guruhlar joylashtirilgan. Sizning vazifangiz – qo‘poruvchi guruhlar yo‘liga to‘siq qo‘yish, qurol va o‘q-dorilarni Rossiyaga noqonuniy olib o‘tishga urinishlarni to‘xtatish", - dedi Rossiya prezidenti.
Putin so‘nggi bir yilda terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘payganini, bu esa Kiyev rejimining bunday usullardan foydalanishga urinishlari bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Davlat rahbari G‘arb hech qachon ekstremistlardan foydalanishdan tap tortmaganini eslatdi va shu munosabat bilan quyidagi ishlarni amalga oshirishni buyurdi:
bunday harakatlarga samarali javob berish, qat’iy va ildam harakat qilish, mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish;
muhim infratuzilma obyektlari, aholining ommaviy to‘planish joylari, harbiy-sanoat va yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarini doimiy nazorat ostida ushlab turish;
terrorizmga qarshi kurashning mintaqaviy tizimini, jumladan, yangi hududlarda ham ishlab chiqish;
jamiyatni parchalash va zaiflashtirishga urinayotgan va buning uchun separatizm, millatchilik va neonatsizmdan foydalanayotganlarni aniqlash va ularning faoliyatini to‘xtatish.
Shuningdek, kontrrazvedka davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishini nazorat qilishi, iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratishi kerak.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiyada avval ham faol ishlagan G‘arb razvedka xizmatlari hozir bu maqsadda qo‘shimcha resurslar olmoqda.
"Bizning boshqaruv tizimlarimiz, harbiy va huquq-tartibot tuzilmalari, mudofaa sanoati korxonalari, muhim texnologiyalar va shaxsiy ma’lumotlar haqidagi muhim ma’lumotlar ishonchli tarzda himoyalangan bo‘lishi kerak, ular aytganidek, yashirish kerak. Bu Rossiyaning eng so‘nggi qurollari va texnikasi haqidagi ma’lumotlarga to‘liq taalluqlidir", - dedi prezident.
Prezident Rossiya raqamli makonining xavfsizlik darajasini oshirish, aloqani buzishga urinishlarni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.