Osiyo bolalari: o‘zbekistonlik xokkeychilar qirg‘izistonliklarni ortda qoldirdi – video, foto

O‘zbekistonlik xokkeychilar Qirg‘iziston jamoasini 17:0 hisobida yengdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan "Osiyo bolalari-2023” II qishki o‘yinlarida o‘zbekistonlik xokkeychilar qirg‘izistonlik raqiblarini 17:0 hisobida mag‘lub etishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yosh xokkeychilar Kuzbass shahrida o‘tayotgan “Osiyo bolalari” qishki o‘yinlaridagi ishtirokini boshlashdi.
Musobaqaning 2-divizionidan o‘rin olgan jamoa bugun dastlabki o‘yinda Qirg‘iziston bilan bahs olib bordi.
“Kuzneskiy Lod” arenasida o‘tgan o‘yin sportchilarning yaqqol ustunligida kechdi. Uchrashuvda xokkeychilar 17:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik sportchilar Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlarini g‘alaba bilan boshlashdi. Avvalroq xokkeychilar musobaqadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Kemerovo jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 7:5 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Hozirda musobaqada 12 mamlakatdan 846 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Ular 10 ta sport turlari bo‘yicha baxs olib borishmoqda.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6