Murakkab o‘g‘itlar import bojidan ozod qilindi – yangi qaror

Tarkibida azot, fosfor va kaliy kabi moddalarning ikki yoki uchtasi mavjud bo‘lgan murakkab o‘g‘itlar import bojidan ozod qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvargacha murakkab mineral o‘g‘itlar importiga bojning nol stavkasi belgilandi, bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning PQ-23-sonli qarorida so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvargacha olib kiriladigan mineral o‘g‘itlarga (TN kodlari 3105 59 000 0, 3105 40 000 0, 3104 30 000 0, 3105 30 000 0 va 2835 29 900 0) bojxona to‘lovining "nol" stavkasi qo‘llaniladi.
Ro‘yxatdagi mahsulot guruhlari tarkibida ikki yoki uchta ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga olgan murakkab mineral o‘g‘itlar mavjud (azot, fosfor va kaliy).
Ushbu chora O‘zbekistonda paxta xomashosi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin kabi mahsulotlarga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2023-yil 1-iyulgacha uzaytirilgandi.