TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 1-martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzin narxining oshishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 1-martdan import qilinadigan va mahalliy Ai-80 rusumli benzinga aksiz solig‘ining "nol" stavkasi qo‘llanishi muddati tugaydi. Shu kundan boshlab ushbu yoqilg‘i narxining oshishi kutilmoqda.
Bunda, narxlar o‘zgarishi hisobiga "O‘zbekneftgaz" tasarrufidagi AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzinning chakana narxi mahalliy mahsulot uchun 6 800 so‘mdan, import mahsuloti uchun 7 000 so‘mdan shakllanadi.
Eslatib o‘tamiz, 4-fevraldan O‘zbekneftgaz tasarrufidagi AYoQShlarda Rossiyaning K5 ekologik sinfiga mos AI-80 rusumidagi import avtobenzini sotuvga chiqarilgan edi.