Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Leopard tanklari Artemovskda paydo bo‘ldi - DXR rasmiysi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Artemovsk hududiga Polsha tomonidan yetkazib berilgan Leopard tanklarining to‘rttasi yetib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Artemovsk hududida Leopard tanklari paydo bo‘ldi. Ular rossiyalik harbiylar uchun odatiy nishon, dedi "Rossiya" telekanalida DXR rahbari maslahatchisi Yan Gagin. RIA Novosti xabariga asosan.
"Artemovsk hududida Leopardlar paydo bo‘lgani haqida xabarlarni eshitdik. Rossiya qo‘shinlari uchun bu shunchaki zirhli nishon, boshqa harbiy texnika kabi. Bu hech qanday olamshumul voqea emas. Bahor kelishi bilan yo‘llar botqoqqa aylanishini hisobga olsak, bu Leopard kabi og‘ir vaznli mashinalar harakatini yanada qiyinlashadi", - dedi Gagin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Artemovskni allaqchon boy bergan, faqat yagona savol bu qachon sodir bo‘lishida. Dushman yarim qurshov holatiga tushgan o‘z garnizonini ta’minlay olmayotganini tan olgan, deya xulosa qildi Gagin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak Varshava Leopard tanklarini allaqachon Ukrainaga yetkazib bergani haqida ma’lum qilgan edi. Polsha UQKga 14 tagacha tank yetkazib berishga tayyorligini aytdi. Bundan oldin Polsha allaqachon 250 ga yaqin T-72 ni topshirgan edi.
Moskva G‘arbning Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi faqat mojaroni cho‘zishini, Ukrainaning moddiy va insoniy resurslariga yanada ko‘proq zarar yetkazishini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Artyomovsk shahri DXR hududida, Kiyev nazorati ostida bo‘lgan yirik transportmarkazi Gorlovka shahri shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, u Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir.
Ayni damda Artemovsk operativ qurshovga olingan bo‘lib, shaharga olib boruvchi deyarli barcha yo‘llar Rossiya bo‘linmalari artilleriyasi nishoni ostida.