TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Bloomberg” reytingiga ko‘ra, 187 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinda fransuz LVMH (LVMH Moet Hennessy - Louis Vuitton) qimmatbaho buyumlar ishlab chiqaruvchisi rahbari va egasi Bernar Arno turibdi, uning boyligi 185 milliard dollarga baholanmoqda.
2022 yil dekabrida Arno Maskni ortda qoldirib, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarini ikkinchi o‘ringa tushirdi. Qayd etilishicha, Maskning o‘zi ham aksiyador bo‘lgan Tesla aksiyalarining yanvar oyida o‘sishi unga reytingning yuqori pog‘onasiga qaytish imkonini berdi.
Ro‘yxatning uchinchi o‘rnida Amazon asoschisi Jeff Bezos o‘zining 117 milliard dollar kapitali bilan joylashgan.