TOShKENT, 28 fev - Sputnik. AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik kutib oldi.
O‘zbekiston TIV ma’lum qilishiga ko‘ra, Blinkenning tashrifining asosiy maqsadi - O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdir.
Ma’lumot uchun, bugun 28-fevral kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida AQSh davlat kotibi Markaziy Osiyoning 5ta davlati TIV rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. S5+1 formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari ishtirok etishdi.