TOShKENT, 27 fev — Sputnik. O‘zbekiston respublikasi prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Umurzoqov Qatar Amiriga prezident Shavkat Mirziyoyevning maktubini yetkazdi.
Ta’kidlanishicha, maktubda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ularni mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari hamda hamkorlik masalalari to‘g‘risida so‘z boradi.