TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ijevsk elektromexanika zavodi "Kupol" (IEMZ) 2022-yilda Rossiya armiyasiga "Tor" zenit-raketa komplekslari (ZRK) muddatidan oldin katta miqdorda topshirildi, dedi korxona bosh direktori Fanil Ziyatdinov.
"Kupol" — Rossiya mudofaa sanoatining yetakchi korxonalaridan biri, "Tor" oilasining zenit-raketa tizimlarini ishlab chiqaruvchisi.
"Barcha sohalarda ijobiy dinamikaga erishildi. O‘sish sur’ati (ishlab chiqarish — tahr.) o‘rtacha 120 %ni tashkil etdi. Davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilgani ishlarning asosiy natijasi bo‘ldi. Hajmlar oshganiga qaramay, asosiy mahsulotlarimiz — Tor oilasining ZRK qo‘shinlarga muddatidan oldin jo‘natildi", dedi u “Milliy mudofaa” jurnalining fevral sonida chop etilgan intervusida.
Ziyatdinov shuningdek, “Tor” tizimlari jahon qurol bozorida raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.
"Buni harbiy-texnikaviy hamkorlik orqali yetkazib berish hajmi oshgani ham ko‘rsatmoqda. Xorijiy buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar to‘liq jadvalga muvofiq bajarildi", — dedi bosh direktor.
70 ga yaqin mavzuda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari tashkil etilgan, dedi Ziyatdinov. Birinchi navbatda ular seriyali mahsulotlarning ishlash xususiyatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan – “Tor” oilasi ZRK: kompleksning bir qismi sifatida komponentlar va qurilmalarni modernizatsiya qilish, dasturiy ta’minotni takomillashtirish va element bazasini yangilash.
"Tor" ning asosiy vazifalari — strategik ahamiyatga ega obyektlar yoki harbiy qismlarni himoya qilish. "Tor" o‘q-dorilari sakkizta zenit-raketadan iborat. Ular besh soniyada nishonni aniqlagandan so‘ng uchib chiqishi mumkin.