TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stiven Sigalni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
“Xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Rossiya Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Yaponiya bilan gumanitar aloqalar bo‘yicha maxsus vakili Stiven Frederik Sigal “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlansin”, — deyilgan hujjatda.
Bundan tashqari, Rossiya - BAA munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ahmad Sulton Isu Al-Jabera “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.