Ukraina QK NATO mutaxassislari yordamisiz parchalanadi – AQSh polkovnigi

Qayd etilishicha, Kiyev rejimi harbiy kadrlar yetishmasligini boshdan kechirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari NATO mutaxassislari yordamisiz parchalanadi, deydi Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor.
“Bo‘linmalarni to‘ldiradigan va jangovar topshiriqlarni bajaradigan NATO harbiylarisiz Ukraina qurolli kuchlari parchalanadi”, - deb tushuntirdi amerikalik mutaxassis.
Uning fikricha, Kiyev rejimi harbiy kadrlar yetishmasligini boshdan kechirmoqda, shuning uchun ham u “o‘z armiyasi safidagi yosh bolalar, qariyalar va ayollarni jarohatlash”ga majbur.
O‘z navbatida, Makgregorning ta’kidlashicha, Rossiya “so‘nggi o‘ttiz yil ichida eng kuchli va eng yirik harbiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo‘ldi”.
G‘arb davlatlari doimo Ukraina Rossiyani jang maydonida mag‘lub etishi, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishni ko‘paytirish kerakligi haqida gapirib keladi. Moskva harbiy yordam Kiyev rasmiylari uchun yaxshi natija bermasligini va faqat mojaroni cho‘zishini, qurol-yarog‘li transport esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.