Stranja-2023: 12 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalga chiqdi

Bugun chempionlik unvonlari uchun final janglari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Boks bo‘yicha “Stranja” xalqaro turnirida 12 nafar o‘zbekistonlik sportchi finalga chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasining quyidagi a’zolari chempionlik uchun ringga ko‘tariladi:
Saidaxon Rahmonova;
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev;
Hasanboy Do‘smatov;
Mirazizbek Mirzaxalilov;
Adhamjon Muhiddinov;
Ruslan Abdullayev;
Mujibillo Tursunov;
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
Bekzod Hamidov;
Saidjamshid Jafarov;
Shohjahon Abdullayev;
Bahodir Jalolov.
Bundan tashqari, Xadichabonu Abdullayeva, Shunqor Abdurasulov, Nurislom Ismoilov, Havasbek Asadullayev, Jasurbek Yo‘ldoshev va Bahodir Jalolov musobaqaning yarim finalida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jalolovning yarim finaldagi ozarbayjonlik raqibi ringga chiqmadi. Buning sababi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Bolgariya poytaxtida boks bo‘yicha 74-xalqaro “Stranja” turniri davom etmoqda. Bugun chempionlik unvonlari uchun final janglari bo‘lib o‘tadi.