Bu qiziq

Qanday go‘sht saratonga olib keladi?

Mutaxassisning aytishicha, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari saraton kasalligiga olib keladi.
Sputnik
Shifokor- endokrinolog va parhezshunos Tatyana Filippova saraton kasalliligini ko‘zg‘atuvchi mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu kasallikka chalinishning sabablaridan biri organizmda rafinadlangan uglevodlarning ko‘payishidir. Shu sababli shifokor kunlik ratsiondan qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini chiqarishni tavsiya qilgan
“Kolbasa, sosiska, sardelka, servelat va yana boshqa qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, shuningdek, konservalash, mahsulot saqlash muddatini uzaytirish uchun, masalan souslarga qo‘shiladigan kimoviy moddalar ham shular jumlasidandir”, - deydi shifokor.
Ushbu mahsulotlar o‘rniga Filippova tabiiy oziq-ovqatlar, tovuq, qo‘y, mol va baliq go‘shtlarini iste’mol qilishni tavsiya qildi.
Xom dudlangan servelat kolbasasi 50 gr kanserogenligi bo‘yicha chekilgan sigaretaga teng, deydi "SM-Klinika" bosh onkologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Serakov “Praym” nashriga.
Professor kolbasa zararli, ammo uni kamdan kam iste’mol qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmasligini ta’kidladi. Ammo kolbasa va boshqa qizil go‘shtdan tayyorlangan mahsulotlari uzoq vaqt davomida iste’mol qilish saraton va o‘lim xavfini oshirishi mumkin.
"Kanserogenlik nuqtayi nazaridan eng xavfli dudlangan kolbasa hisoblanadi, chunki dudlash vaqtida ko‘plab zararli moddalarni o‘z ichiga olgan tutun chiqariladi. Bunday kolbasa tarkibida nitritlarga qo‘shimcha ravishda yana bir modda - benzpiren bo‘lishi mumkin. U o‘tin termik parchalanishida hosil bo‘ladi", - deb tushuntirdi Serakov.
Olimlar orasida qizil go‘sht tarkibida saraton hujayralarini rivojlanish xavfini oshiradigan moddalar mavjud degan fikr mavjud. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi tomonidan kanserogen mahsulotlar tasnifiga ko‘ra, qizil go‘sht saraton rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Qayta ishlangan go‘sht – sosiska, kolbasa, konserva - rasman birinchi kanserogen guruhiga kiritilgan.
"Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan har kuni 50 gramm iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni xavfini 18 foizga oshiradi", - dedi shifokor.
Boshqa xavfli oziq-ovqat mahsulotlariga shprotlar, pechenye, vafli va boshqa qandolat mahsulotlari, shirin gazli suv, spirtli ichimliklar, chipslar, margarin, mayonez, souslar, shakar, popkorn, sabzavot va mevalar konservalari, genetik modifikatsiyalangan mahsulotlar kiradi. Biroq, ular sigaretadan zararli ekan, deb aytish mumkin emas - barchasi miqdorga bog‘liq, - deb xulosa qildi onkolog.