Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirdagi ishtirokini 4 ochko bilan yakunladi

Nodirbek Abdusattorov turnirni 4 ochko bilan 7-o‘rinda yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Germaniyaning Dusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “WR Chess Masters” turniri yakunlandi. 25-fevral kuni musobaqaning so‘nggi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov so‘nggi 9-turda amerikalik Uesli Soga qarshi dona surdi. O‘yinda durang natija qayd etildi.

Nodirbek Abdusattorov turnirni 4 ochko bilan 7-o‘rinda yakunladi. Musobaqada 5-10 o‘rindagi grossmeysterlarning barchasi 4 ochko bilan tugatishdi.
Oxirgi turda Abdusattorov bilan bahslashgan Uesli So turnirni 4-o‘rinda yakunladi.