Ba’zi ko‘z kasalliklari hech qanday alomatlarsiz rivojlanishi mumkin. Va shu sababli ham ular xavfli. Oqibatlari esa ko‘rish qobiliyatiga katta zarar yetkazadi. Ko‘z shifokori Tatyana Fadeykina ko‘z kasalliklarida qanday alomatlar kuzatilsa, shikoforga murojaat qilish zarurligini aytdi.
Ko‘zlar suvsizlanishi
Diskomfort va ko‘zlarning qurishi bilan ko‘z shifokoriga ko‘plab insonlar shikoyat qiladi. Odatda bu holat gadjetlar (telefon, kompyuter, planshet) bilan ko‘p vaqt ishlash sabab bo‘ladi. Bundan tashqari u gormonal o‘zgarishlar, tashqi omillar, masalan, shamol, chang, ob-havo isishi yoki konditsioner ishi bilan paydo bo‘lishi mumkin.
“Ko‘zlarning yetarli darajada namlanmasligi va yetarli darajada yosh ishlab chiqarmasligi quruq ko‘zlar sindromini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida diskomfortdan tortib, ko‘rish qobiliyatining yomonlashigacha olib kelishi mumkin”, - deydi Tatyana Fadeykina
Ko‘z oldida parda paydo bo‘lishi
Ko‘zlar oldida pardo paydo bo‘lishi glaukoma (ichki ko‘z bosimining ko‘payishi, setchatka va optik nervning sekin zararlanishi bilan bog‘liq ko‘z kasalligi), katarakta (ko‘z gavharining xiralashishi bo‘lib, bu ko‘rishning qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib keladi) sabablari bo‘lishi mumkin. Odatda bu holat 40 yoshdan oshgan kishilarda ko‘p uchraydi. Agar shunday hislar sezilsa, zudlik bilan ko‘z mutaxassisiga murojaat qilish lozim.
Nurga ta’sirchanlilik
Nurga ta’sirchanlilik ko‘zda infeksiyaning tarqalishi yoki yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, bu alomat glaukoma kasalligiga ham xos, deydi shifokor
Ikki tomonlama ko‘rish
Qisqa vaqtda predmetlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi ko‘zlar charchaganda yoki spirtli ichimlik iste’mol qilgandan so‘ng bo‘lishi mumkin. Agar ikki holatdan tashqari, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lsa, bu shoh pardaning zararlanayotganidan kelib chiqishi mumkin.
“Predmetlarni ikkita ko‘rish qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar, skleroz, insuldan keyin yoki miya jarohatlaridan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin”, - deydi mutaxassis.
Ko‘zlar oldida dog‘lar paydo bo‘lishi
Ko‘zlar oldida qisqa muddatli dog‘lar to‘satdan harakatlanganda yoki ko‘tarilganda paydo bo‘ladi. Agar dog‘lar uzoq vaqtga ketmasa, bu ko‘z setchatkasida muammolar paydo bo‘lganidan darak beradi.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, ko‘z qizarishi, yoshlanishi, ko‘rish keskinligining pasayishida, ko‘zlarni ochib yumganda noqulaylik, ko‘zning og‘rig‘i, bosh va ko‘zning shikastlanishida zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish zarurligini aytdi.
Mavzuga oid: