Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yangi korxonalarni rasman ishga tushirdi – foto

Mirziyoyev ishtirokida Qashqadaryodagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda 6 ta yangi korxonani rasman ishga tushirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Tadbir boshida 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni rasman ishga tushirdi.
Endi quyidagi yangi korxonalar hamda mebel fabrikasi o‘z faoliyatini boshlaydi:
Qarshi tumanida “Omad start”;
Qarshi shahrida “Kitob ip yigiruv”;
Dehqonobod tumanida “Baxt tekstil”;
Shahrisabz shahrida “Oqsaroy tekstil”;
“Pit-stop” korxonalari va mebel fabrikasi.
Shavkat Mirziyoyev
Korxona vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berishdi.