TOShKENT, 25 fev — Sputnik. “Shahrisabz – Qarshi – Samarqand” yo‘nalishiga elektr poyezdi qo‘yilib, yo‘lovchi oqimi oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Kecha Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilganidek, Shahrisabz, Kitob, Qamashi va Yakkabog‘ tumanlari turizm salohiyatining yarmi ham ishga solinmagan.
Buning uchun “Shahrisabz – Qarshi – Samarqand” yo‘nalishiga elektr poyezdi qo‘yib, yo‘lovchi oqimini oshirish vazifasi qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, bu turizm, savdo va servis rivojiga qo‘shimcha turtki bo‘ladi.